Yosh dzyudochilarimiz ham Osiyo kubogida tengsiz bo‘lishdi
Qozog‘istonning Olma-ota shahrida dzyudo bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida Osiyo kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Beket Mahmudov xotirasiga bag‘ishlab Baluan Sholak nomidagi sport majmuasida o‘tkazilgan musobaqada yoshlarimiz ham muvaffaqiyatli tarzda ishtirok etishdi.
O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ma’lum qilishicha, yosh polvonlarimiz turnirda 8 ta oltin, 4 ta kumush, 9 ta bronza, jami 21 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni band etishdi. Qozog‘iston terma jamoasi 4 ta oltin, 9 ta kumush, 12 ta bronza medali bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan bo‘lsa, kuchli uchlikka 1 tadan oltin va bronza medali bilan Tojikiston terma jamoasi yakun yasab berdi. Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan yosh dzyudochilarimiz:
Yigitlar
Oltin medal sohiblari:
-60 kg: Bahrom Boturov
-73 kg: Hojiakbar Toshev
-81 kg: Shahzodxo‘ja Sharipov
-90 kg: To‘lqinbek Turdiyev
-100 kg: Muhammadqodir Mansurov
+100 kg: Islombek Ravshanqulov
Kumush:
-60 kg: Zamohshari Bekmurodov
-66 kg: Azizbek Ortiqov
Bronza:
-66 kg: Muhammadyahyo Muhammadjonov
-73 kg: Elbek Tojiyev
-81 kg: Nurbek Murtazoyev
-90 kg: Jahongir Mamatrahimov
-100 kg: Asror Nortojiyev
+100 kg: Qahramon Rahmonov
Qizlar
Oltin:
-48 kg: Fotimaxon Tursunboyeva
-78 kg: Shirinjon Yo‘ldosheva
Kumush:
-70 kg: Shahlo Egamberganova
+78 kg: Fotima Kuramboyeva
Bronza:
-48 kg: Maksuda Bekchonova
-52 kg: So‘g‘diyona Rafkatova
+78 kg: Xosiyat Masharipova
Eslatib o‘tamiz, musobaqada doirasida o‘smirlar terma jamoamiz ham 11 ta oltin, 6 ta kumush va 12 ta bronza, jami 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi bo‘lishgan edi.
O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi va yosh sportchilarimizni, ularni tayyorlagan murabbiylarni musobaqadagi muvaffaqiyatli ishtirok bilan samimiy qutlab qoladi.