16 May 2022
760
Yosh dzyudochilarimiz Osiyo kubogida 29 ta medal bilan umumjamoa hisobida birinchi oʻrinni egallashdi
Qozogʻistonning Olma-ota shahrida dzyudo boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasida Beket Mahmudov xotirasiga bagʻishlab oʻtkazilgan Osiyo kubogi musobaqasi yakuniga yetdi.
Baluan Sholak nomidagi sport saroyida oʻtkazilgan musobaqada oʻzbekistonlik yoshlar muvaffaqiyatli ishtirok etishdi. Hamyurtlarimiz ikki kunlik murosasiz bellashuvlar natijasiga koʻra 11 ta oltin, 6 ta kumush, 12 ta bronza, jami 29 ta medal qoʻlga kiritishdi.
Terma jamoamizning bu muvaffaqiyatiga qizlarimiz munosib hissa qoʻshishdi. Ular barcha vazn toifalarida chempionlik shohsupasiga koʻtarilishdi. Qozogʻiston terma jamoasi 3 ta oltin, 8 ta kumush, 18 ta bronza medali bilan ikkinchi oʻrinni band etishdi. Keyingi oʻrinlardan Qirgʻiziston va Turkmaniston terma jamoalari joy olishdi.