17 May 2022 984

Misha Geni tabriklaymiz!

Bugun figurali uchish boʻyicha taniqli sportchimiz Misha Ge tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Misha Ge 1991-yil 17-may kuni Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida tavallud topgan. Sochi-2014 va Pxyonchxan-2018 qishki Olimpiya oʻyinlarida Oʻzbekiston sharafini himoya qilgan. 2017-2018-yil Fransiya Gran-prisi sovrindori boʻlgan.

Mahoratli sportchimiz Pekin va Gollivud raqs maktablarida tahsil olgani uning xoreografik qobiliyati yuqori boʻlishiga katta hissa qoʻshdi. Shu bois ham Misha sportchilik faoliyatida amerikalik Olimpiada sovrindori Greysi Gold, rossiyalik jahon chempioni Yelizaveta Tuktamisheva hamda ikki karra jahon chempioni, ikki karra Olimpiya oʻyinlari sovrindori Yevgeniya Medvedeva kabi sportchilarga xoreografiya yoʻnalishida ustozlik qilgan.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi Misha Geni tavallud ayyomi bilan tabriklab, unga uzoq umr, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech