FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 May 2022 4864

Aziza Yoqubova – kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatlarida medal qoʻlga kiritgan birinchi oʻzbek qizi boʻladi!

Turkiyada oʻtkazilayotgan boks boʻyicha ayollar oʻrtasidagi jahon chempionatida unutilmas gʻalaba. -50 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Aziza Yoqubova kattalar miqyosidagi dunyo birinchiligida shohsupaga koʻtariladigan ilk bokschi qizimiz sifatida tarixda qoladi.

Yurtdoshimiz hozirgina yakuniga yetgan chorak final bahsida italiyalik Jiordana Sorrentinoni magʻlubiyata uchratib, yarim finalga yoʻl oldi. Maʼlumki, boksda ushbu bosqichga yetib kelgan sportchilar kamida bronza medalini naqd qilib qoʻyishadi. Bu esa Yoqubova musobaqada shohsupaga koʻtarilishini anglatadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi ushbu tarixiy gʻalaba bilan Oʻzbekiston boks federatsiyasi, sportchilarimiz va murabbiylar shtabini samimiy tabriklab, musobaqada ishtirok etayotgan boshqa vakillarimizga ham ulkan zafarlar tilaydi.

Aziza Yoqubovadan esa keyingi janglarda final yoʻllanmasi qatori oltin medal kutib qolamiz. Olgʻa, Oʻzbekiston!

Text to speech