FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 May 2022 2075

RSTIAM shifokorlari eshkak eshuvchilarimizning yigʻinida mobil laboratoriya tekshiruvini oʻtkazishdi

Ayni paytda akademik eshkak eshish boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi Toshkent viloyatidagi Tuyaboʻgʻiz suv omborida navbatdagi oʻquv-mashgʻulot yigʻinini olib bormoqda. Bugun MOQ qoshidagi Respublikasi sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi shifokorlari terma jamoamiz bazasiga tashrif buyurib, atletlarimizning salomatligini koʻzdan kechirishdi.

Mazkur yigʻinga 27 nafar sportchi, 3 murabbiy va 1 massajchi jalb etilgan boʻlib, mashgʻulotlar 21-mayga qadar davom etadi. Shifokorlar tashrif davomida atletlarimizdan qon tahlillarini olib, ularni bezovta qilayotgan shikoyatlarni tinglashdi va bu borada kerakli tavsiyalar berishdi. Ushbu mobil laboratoriya tekshiruvi organizmning yuklamalarga chidamliligi, undan keyingi oʻzgarishlarni oʻrganish maqsadida tashkil etilgan.

Qayd etish joiz, mazkur yigʻin akademik eshkak eshish boʻyicha terma jamoamiz uchun 24-30-may kunlari Serbiyada oʻtadigan Jahon kubogining birinchi bosqichiga tayyorgarlik vazifasini oʻtab beradi.

Text to speech