FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 May 2022 3187

Marina Xmelevskaya Riga marafonida oʻzbek sportida 38 yil ichidagi eng yuqori natijani koʻrsatdi

Latviya poytaxti Riga shahrida nufuzli marafon musobaqalaridan biri boʻlib oʻtdi. 76 mamlakatdan tashrif buyurgan sportchilar orasida hamyurtimiz Marina Xmelevskaya kumush medalga sazovor boʻldi.

Oʻzbekiston yengil atletika federatsiyasining maʼlum qilishicha, bu mamlakatimiz tarixida ayollar marafonidagi ikkinchi yuqori natija sifatida qayd etildi. Soʻnggi bor 1984-yil Litvada oʻtgan Sobiq Ittifoq miqyosidagi musobaqada Nadiya Usmanova 2:30:36 vaqt bilan oʻzbekistonlik marafonchi qizlar rekordini oʻrnatgan edi.

Marina Latviyadagi musobaqada 2:33:19 ichida marraga yetib kelgan. Qayd etish joiz, hamyurtimiz poyga davomida mazkur yoʻnalishda yetakchi hisoblanuvchi Afrika, Amerika, shuningdek, yevropalik raqibalarini ortda qoldirishga muvaffaq boʻldi. Atletimiz faqatgina efiopiyalik sportchidan pastroq natija koʻrsatdi.

“Rimi Riga Marathon-2022”, ayollar:
1. Mekuriya Zennebe (Efiopiya) – 2:30:53
2. Marina Xmelevskaya (Oʻzbekiston) – 2:33:19
3. Aynelem Kasaxun (Efiopiya) – 2:38:21

Text to speech