14 May 2022 1335

Og‘ir atletikachilarimiz Turkiya safariga jo‘nab ketishdi

Bugun erta tongda og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi yig‘inga yo‘l oldi. Jamoamiz bu galgi mashg‘ulotlarni Turkiyaning Antalya shahrida o‘tkazadi.

Yig‘in 7 iyunga qadar davom etib, joriy yilning avgust oyida Turkiyaning boshqa bir shahri Konyada o‘tadigan Islom Birdamligi o‘yinlariga tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi mutasaddilarining qo‘shimcha qilishicha, sportchilarimiz shu paytgacha bazaviy mashg‘ulotlarni olib borishgan bo‘lsa, ushbu yig‘inda maxsus texnik tayyorgarlikka e’tibor qaratiladi.

Tarkibda Olimpiada chempionlari Ruslan Nurudinov, Akbar Jo‘rayev, jahon chempionlari Doston Yoqubov, Tursunoy Jabborova, Olimpiya o‘yinlari ishtirkchisi Adham Ergashev kabi nomdor vakillarimizni uchratish mumkin. Mashg‘ulotlarni Bahrom Mendiboyev va Jo‘rabek Zoirov olib borishadi. To‘liq tarkib:

Sportchilar:
Adhamjon Ergashev
Doston Yoqubov
Husinboy Matrasulov
Muhammadqodir Toshtemirov
Hojiakbar Olimov
Sarvarbek Zafarjonov
Sunnatilla O‘sarov
Qurbonmurod Namozov
Sharofiddin Amriddinov
Ruslan Nurudinov
Akbar Jo‘rayev
Mirhosil Mirzaboyev
Jamila Panfilova
Tursunoy Jabborova
Rigina Adashboyeva

Trenerlar:
Bahrom Mendiboyev
Jo‘rabek Zoirov

Massajchi: Obiddin Muslimov

Text to speech