FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 May 2022 2284

Alise Faxrutdinova shaxsiy natijasini yaxshilab, Jahon kubogi finaliga yoʻl oldi

Ayni kunlarda Bolgariyaning Albena shahrida zamonaviy beshkurash boʻyicha Jahon kubogi bosqichi oʻtkazilayotgan haqida xabar bergan edik. Unda yurtimiz sharafini himoya qilayotgan Alise Faxrutdinova final yoʻllanmasini qoʻlga kiritdi.

Yarim final bahslarida qilichbozlik, suzish, lazer-ran dasturlari boʻyicha 36 nafar sportchi raqobatlashdi. Hamyurtimiz qilichbozlik dasturida 21 gʻalaba, 14 magʻlubiyat qayd etib, 230 ochko jamgʻarishga muvaffaq boʻldi. Suzish bahslarida 230, lazer-ran boʻyicha 562 ochko toʻplagan Faxrutdinova yakunda 18 nafar kuchlilar qatoridan joy oldi va final yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Yarim final bahslarida sportchilar ikki guruhga boʻlingan holda ishtirok etishdi. Atletimiz har ikki guruh natijalarini umumlashtirganda oltinchi natijani koʻrsatgan. Final bellashuvlari 14-may kuni qilichbozlik, suzish, konkur, lazer-ran dasturlari boʻyicha oʻtkaziladi.

Text to speech