FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
13 May 2022 2308

Iroqda irodali gʻalaba qozongan kamonchilarimiz tantanali kutib olindi

6-11-may kunlari Iroqning Sulaymoniya shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi boʻlib oʻtgani, unda ishtirok etgan jamoamiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻlgani haqida xabar bergan edik. Bugun tunda musobaqa qahramonlari yurtimizga qaytib kelishdi.

Sportchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vaziri oʻrinbosari Shahrullo Mahmudov, Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Imamov, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi vakillari, sportchilarimizning yaqinlari kutib ulishdi.

Qayd etish joiz, kamonchilarimizning natijalari har musobaqada yuqorilab bormoqda. Bu gal mikst dasturida BAA, Qozogʻiston va finalda Hindiston termasini magʻlub etgan sportchilarimizning gʻalabasi koʻpchilik mutaxassislarning eʼtiboriga tushdi. Bu esa jamoamizning Parij-2024 Olimpiya oʻyinlari litsenziyasi uchun jiddiy bel bogʻlaganidan dalolat bermoqda.

Endi terma sportchilarimiz qisqa muddatli dam olishdan soʻng navbatdagi musobaqalarga tayyorgarlikni boshlashadi.

Text to speech