FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
12 May 2022 2319

Gretsiyada oʻtgan JCh qahramonlari yurtimizga qaytib kelishdi

Gretsiyaning Iraklion shahrida oʻtgan ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan terma jamoamiz Vatanimizga qaytib keldi. Sportchi va murabbiylarimiz Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi.

Tadbirda Shahrullo Mahmudov boshchiligidagi Sportni rivojlantirish vazirligi hamda Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi xodimlari, sportchi va murabbiylarimizning yaqinlari ishtirok etishdi. Mutasaddilar musobaqa qahramonlarini kutib olishar ekan, ular qayd etgan natija yoshlarimiz orasida ushbu sportning yanada ommalashishi yoʻlida xizmat qilishini alohida taʼkidlashdi.

Eslatib oʻtamiz, 2-10-may kunlari oʻtgan musobaqada 6 nafar sportchi bilan qatnashgan terma jamoamiz 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallarini jamgʻarib, umumjamoa hisobida 62 mamlakat orasida uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritgan.

Text to speech