FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
11 May 2022 3370

Kamonchilarimiz Osiyo kubogida chempion boʻlishdi

Iroqning Sulaymoniya shahrida kamondan otish boʻyicha Osiyo kubogining navbatdagi bosqichi yakuniga yetdi. Unda ishtirok etgan terma jamoamiz 1 ta oltin va 2 ta bronza medaliga sazovor boʻldi.

Mikst dasturida chorak finalda BAA, yarim finalda Qozogʻiston termasini magʻlub etgan merganlarimizning finalda hindistonlik raqiblarini 5:4 hisobida dogʻda qoldirgani koʻpchilik mutaxassislarning eʼtiboriga tushdi. Shu tariqa, Ziyoda Abdusattorova hamda Amirxon Sodiqov juftligining irodali gʻalabasi sharafiga Oʻzbekiston madhiyasi yangradi.

Shuningdek, bronza medali uchun jamoaviy dasturda kechgan bahsda yigitlarimiz Eron termasini 6:0, qizlarimiz qozogʻistonlik raqibalarini 6:2 hisobida magʻlubiyatga uchratishdi. Afsuski, yakkalik dasturida ushbu bosqichda hindistonlik Salunke Sushant bilan bellashgan Amirxon Sodiqovga biroz omad yetishmadi.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi terma jamoamizning Osiyo kubogida qoʻlga kiritgan muvaffaqiyati bilan Oʻzbekiston kamondan otish federatsiyasi, sportchi va murabbiylarimizni muborakbod etadi.

Text to speech