FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
10 May 2022 2979

Og‘ir atletikachilarimiz jahon chempionatini 12 ta medal bilan yakunlashdi

Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z yakuniga yetdi. Hamyurtlarimiz orasida so‘nggi bo‘lib +109 kg vazn toifasida Mirhosil Mirzaboyev supaga chiqdi va 3 ta kumush medalini qo‘lga kiritdi.

Ushbu vaznda chempionlik uchun kurash eronlik Alirizo Yusufi hamda Mirzaboyev o‘rtasida kechdi. Biroq yakunda siltab ko‘tarish mashqidagi ustunlik evaziga Yusufi g‘alabani ilib ketdi. Sportchimiz dast ko‘tarishda 176 kg, siltab ko‘tarishda 212 kg va ikki kurash bo‘yicha 388 kg natija qayd etdi.

Og‘ir atletika bo‘yicha U-20 JCh:
Yigitlar, +109 kg:
1. Alirizo Yusufi (Eron) – 416 (177+239) kg;
2. Mirhosil Mirzaboyev (O‘zbekiston) – 388 (176+212) kg;
3. Bogdan Taranenko (Ukraina) – 374 (167+204) kg.

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 5 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medali bilan yakunladi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ushbu ajoyib natija bilan O‘zbekiston og‘ir atletika federatsiyasi, sportchilarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylar, atletlarimizning yaqinlari va muxlislarimizni samimiy qutlab qoladi.

Text to speech