9 May 2022 2488

Iraklionda Oʻzbekiston uchun atalgan kun yoxud Jabborovaning gʻalabasi sharafiga ikkinchi bor madhiyamiz yangraydi

Gretsiyada oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatining bugungi kun bahslari terma jamoamiz uchun ataldi. Qizlar oʻrtasida -87 kg vazn toifasida oʻtkazilgan bahslarda Tursunoy Jabborova oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Dast koʻtarish mashqida 109 kg natija bilan eng yaqin taʼqibchisini 9 kgga ortda qoldirgan Jabborova siltab koʻtarish mashqida 129 kg toshni koʻtarishga muvaffaq boʻldi. Shubhasiz, ikki kurashdagi 238 kg natijaga hamyurtimizning hech bir raqibasi yaqin kela olmadi va Tursunoy mutlaq chempionlikni rasmiylashtirdi.

Ogʻir atletika boʻyicha U-20 JCH
Qizlar, -87 kg

1. Tursunoy Jabborova (Oʻzbekiston) – 238 (109+129) kg
2. Entenza Reyes (Kuba) – 226 (99+127) kg
3. Elizabet Ouyens (AQSH) – 222 (99+123) kg

Eslatib oʻtamiz, bugungi bahslar davomida Sharofiddin Amriddinov ham -102 kg vazn toifasida chempionlikni qoʻlga kiritgan edi. Shu tariqa, bugun Irakliondagi arenada ikkinchi bor Oʻzbekiston Respublikasi davlat madhiyasi yangramoqda.

Oʻzbekiston Milliy Olimpiya qoʻmitasi bugungi ajoyib gʻalabalar bilan Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi, chempionlarimiz va ularni tarbiyalagan murabbiylar, barcha muxlislarimizni qutlab qoladi.

Text to speech