8 May 2022 1352

Samarqandlik faxriylar "Sogʼlom va zavqli hayot uchun!" shiori ostida birlashishdi

Samarqand shahridagi "Аfrosiyob" sport majmuasida viloyat Sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi, Nuroniylar jamgʼarmasi, Sport faxriylari kengashi hamda Kasaba uyushmalari hamkorligida samarqandlik faxriylar uchun ommaviy musobaqa oʼtkazildi. 9 may “Xotira va qadrlash kuni” arafasida tashkil etilgan ushbu tadbir "Sogʼlom va zavqli hayot uchun!" shiori ostida oʼtkazilib, 100 nafarga yaqin qatnashchini oʼzida jamladi. 

Doʼstona ruhda oʼtgan bellashuvlarda faxriylarimiz yosh toifalariga qarab stol tennisi, basketbol, yugurish, shaxmat-shashka kabi sport turlarida oʼz omadlarini sinab koʼrdilar. Yana bir ahamiyatli tomoni musobaqa yakunida bu kabi tadbirlarda faol ishtirok etayotgan, oʼz vaqtida mamlakatimiz sporti rivoji yoʼlida xizmat qilgan 12 nafar fidoyilarga “Oʼzbekiston sport faxriysi” koʼkrak nishoni topshirildi.

Text to speech