FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
8 May 2022 5832

Oksana Chusovitina: “Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanaman”

Ayni kunlarda sport gimnastikasi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tmoqda. E’tiborlisi unda ishtirok etgan afsonaviy atletimiz Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida g‘alaba qozonib, ushbu yo‘nalishda ayni paytda mamlakatimizda tengi yo‘q ekanini isbotladi. Biz bu orada sportchimiz bilan bog‘lanib, Osiyo o‘yinlarining qoldirilgani uning yaqin rejalariga qanday ta’sir o‘tkazgani haqida so‘radik.

– Oksana, navbatdagi chempionlik bilan tabriklaymiz. Hisoblab ko‘rdingizmi, bu Siz uchun nechanchi mamlakat chempionligi?

– Rahmat, tabrik va e’tibor uchun. Yo‘q, odatda men medallarimni sanamayman. Shu bois bu haqida aniq ayta olmayman.

– Osiyo o‘yinlarining qoldirilishi rejalaringizga qanday ta’sir o‘tkazdi? Agar 2023 yil ham faoliyatingizni davom ettirsangiz, Parij-2024 Olimpiadasi haqida o‘ylab ko‘rsa bo‘ladi.

– Bu haqida yaxshilab o‘ylab ko‘rdim va Osiyo o‘yinlaridan so‘ng Parij-2024 Olimpiadasiga ham tayyorlanishga qaror qildim!

Ma’lumot uchun, Oksana Chusovitina 8 bor Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etib, gimnastika tarixi va “Ginnesning rekordlari” kitobiga kiritilgan edi. Agar u Parij-2024 Olimpiadasida ham ishtirok etadigan bo‘lsa, o‘z rekordini yaqin davr ichida hech kim yaqinlasha olmaydigan qilib yangilaydi. Yana ham hayratlanarlisi, o‘shanda u 49 yoshida bu ishni amalga oshirgan bo‘ladi.

Text to speech