FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
7 May 2022 2060

Zamonaviy beshkurashchilarimiz Chirchiqda yig‘in o‘tkazishmoqda

Shu kunlarda Chirchiq shahrida zamonaviy beshkurash bo‘yicha O‘zbekiston kattalar va yoshlar terma jamoasi qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazmoqda. 11 mayga qadar davom etadigan mashg‘ulotlarga 16 nafar sportchi jalb etilgan.

Mashg‘ulotlar 6 nafar trener boshchiligida olib borilmoqda. Sportchi va murabbiylarning geografiyasiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Andijon, Qashqadaryo, Toshkent viloyati va poytaxtimiz vakillarini uchratish mumkin. Mashg‘ulotlarda asosan yoshlarning jismoniy salohiyatlarini kuchaytirish, sport turlaridan qilichbozlik va o‘q otishdagi qobiliyatlarini oshirishga katta urg‘u qaratilmoqda.

Murabbiy Vadim Chudnovskiy boshchiligida olib borilayotgan yig‘in sportchilarimizni joriy yil kutib turgan qit’a birinchiligi, qolaversa, Parij-2024 Olimpiadasi, “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o‘yinlari va Dakar-2026 yoshlar Olimpiadasiga tayyorlashga qaratilgan.

Text to speech