FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
4 May 2022 2920

Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionatida qatnashadigan tarkibimiz ma’lum

9-20 may kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘tkaziladi. O‘zbekiston terma jamoasining ushbu musobaqada ishtirok etadigan tarkibi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etish joiz, musobaqa o‘tgan yilning dekabr oyida o‘tkazilishi lozim edi. Biroq koronavirus pandemiyasi sabab bir necha oy ortga surildi. O‘zbekiston boks federatsiyasining ma’lum qilishicha, vakillarimiz JChda quyidagi tarkibda ishtirok etadi:

-48 kg: Marjona Savriyeva
-50 kg: Aziza Yoqubova
-52 kg: Tursunoy Rahimova
-54 kg: Nozima Bulturova
-57 kg: Setora Turdibekova
-60 kg: Mohinabonu Abdullayeva
-66 kg: Navbahor Hamidova
-70 kg: Xadichabonu Abdullayeva
-75 kg: Mavluda Mavlonova
+81 kg: Mohira Abdullayeva

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov

Murabbiylar: Ziyaviddin Tayganbayev, To‘lqin Turg‘unov, Islom Tojiboyev, Sharif Narzikulov, Sahida Yoqubova.

Terma jamoamiz hozirda so‘nggi tayyorgarlik bosqichini olib bormoqda va 6 may kuni Turkiya safariga yo‘l oladi.

Text to speech