FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3 May 2022 2391

Jamila Panfilova jahon chempionatida ikkita bronza medaliga sazovor bo‘ldi

Iraklion shahri mezbonlik qilayotgan og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatini hamyurtlarimiz muvaffaqiyatli boshlashdi. Vakillarimiz orasida birinchi bo‘lib kurashga qo‘shilgan Jamila Panfilova ikkita medal bilan musobaqani yakunladi.

Toshkent viloyati vakilasi -55 kg vazn toifasida dast ko‘tarish mashqida 86 kg natija qayd etib, bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. Ahamiyatlisi, bu Panfilovaga ikki kurashdagi medallar uchun bahsda katta zaxira bo‘ldi. Siltab ko‘tarish mashqida 100 kg toshni bo‘ysundirgan hamyurtimiz ushbu yo‘nalishda oltinchi natijani qayd etgan bo‘lsa ham, ikki kurashda bronza medalini o‘ziniki qildi.

Og‘ir atletika bo‘yicha JCh (U-20)
Qizlar, -55 kg:
1. Nina Sterkx (Belgiya) – 204 (93+111) kg
2. Svitlana Samulyak (Ukraina) – 192 (89+103) kg
3. Jamila Panfilova (O‘zbekiston) – 186 (86+100) kg

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur musobaqani 2 ta bronza medali bilan boshladi. Musobaqaning qolgan kun dasturlarida ishtirok etadigan atletlarimizga ham omad tilaymiz.

Text to speech