FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2 May 2022 2196

Yosh og‘ir atletikachilarimizning jahon chempionatida ishtirok etadigan sanalari ma’lum

Bugun Gretsiyaning Iraklion shahrida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati start oldi. Ma’lum qilganimizdek, unda 6 nafar vakilimiz yurtimiz sharafini himoya qiladi. Ayni paytda atletlarimiz musobaqaga so‘nggi tayyorgarlikni olib borishmoqda.

Reglamentga ko‘ra, musobaqa oldidan texnik yig‘ilish bo‘lib o‘tdi va har bir vazn toifasidagi bahslarning vaqti rasman e’lon qilindi. Unga ko‘ra, hamyurtlarimizning musobaqadagi taqvimi quyidagi ko‘rinishga keldi:

3 may, 17:00 – Jamila Panfilova (-55 kg)
5 may, 20:00 – Og‘abek To‘xtayev (-73 kg)
7 may, 20:00 – Hojiakbar Olimov (-89 kg)
9 may, 14:30 – Sharofiddin Amriddinov (-102 kg)
9 may, 17:00 – Tursunoy Jabborova (-87 kg)
10 may, 17:00 – Mirhosil Mirzaboyev (+109 kg)

Bahslar Toshkent vaqti bilan ko‘rsatilgan. Jahon chempionati 2-10 may sanalarida o‘tkaziladi va unda ishtirok etish uchun dunyoning 61 mamlakatidan 300 nafardan ziyod sportchi ro‘yxatdan o‘tdi.

Text to speech