2 May 2022 1084

Go‘zal Xubbiyeva hamda Yekaterina Shubinani tabriklaymiz!

Bugun yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Go‘zal Xubbiyeva hamda baydarkachimiz Yekaterina Shubina tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Go‘zal Xubbiyeva 1976 yil 2 may kuni Toshkentda tavallud topgan. Sportchilik faoliyatida sprinterlik yo‘nalishlarida (100 va 200 metr) ishtirok etib, Sidney-2000, Afina-2004, Pekin-2008 va London-2012 Olimpiya o‘yinlarida yurtimiz sharafini himoya qilgan. Shuningdek, Xubbiyeva Doxa-2006 Osiyo o‘yinlarida 1 tadan oltin va kumush, Guanchjou-2010 da esa 1 tadan kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan. Sprinterimiz hisobida Osiyo chempionatlarining ham oltin va kumush medallari mavjud.

Yekaterina Shubina 1988 yil 2 may kuni Toshkent viloyatida tavallud topgan. Baydarkachimiz Guanchjou-2010 Osiyo o‘yinlarida kumush va 2018 yil Indoneziyada turli masofalarda kumush va bronza medallari sovrindori. Shuningdek, u faoliyati davomida Osiyo chempionatlarida bir necha bor shohsupaga ko‘tarilishga muvaffaq bo‘lgan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Go‘zal Xubbiyeva hamda Yekaterina Shubinani bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga sihat-salomatlik va omad tilab qoladi.

Text to speech