1 May 2022 1077

“Uzbekistan Global Tour 2022”ning to‘rtinchi bosqichi qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi

«Universal Jumping Agro» yana bir bor yurtimizning mohir chavandozlarini o‘z bag‘riga chorladi. Bu gal arena konkur bo‘yicha “Uzbekistan Global Tour 2022” musobaqasining to‘rtinchi bosqich bellashuvlarini qabul qildi.

Ushbu bellashuvning ahamiyatlisi jihati, ortda qolgan 4 bosqich yakunida konkur bo‘yicha O‘zbekiston Milliy terma jamoasi shakllantirib olinishida bo‘ldi. Bahslarda yuqori natija qayd etgan sportchilar Qirg‘iziston va Qozog‘istonda o‘tadigan Yevrosiyo Millatlar kubogi bosqichlarida terma jamoamiz sharafini himoya qilishadi. 4-bosqich g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

«С» toifasi, 105 sm to‘siq balandligi (bolalar)
1. Boburjon Valijonov, «Samira» laqabli otda
2. Abdulaziz Izzatullayev, «Shef Bleu»
3. Sarvar Toirov, «Raport».

«Е» toifasi, 110 sm (ochiq klass, ot va chavandoz uchun yosh chegarasi yo‘q)
1. Sergey Antonovich, «Skay»
2. Alisher Erkinov, «Lasetti»
3. Sardor Salimov, «Xello Sensey»

«F» toifasi, 95 sm (debyutant otlar)
1. Bekzod Kurbanov, «Rebeka»
2. Mirzohid Musayev, «Getsbi»
3. Sergey Antonovich, «Sharman Blyu »

«В» toifasi, 115 sm (5-7 yoshli otlar)
1. Umid Komilov, «Brend Plyus»
2. Saidamirxon Turg‘unboyev, «Chaman»
3. Bekzod Ro‘zmuhamedov, «Arnella»

«D» toifasi, 120 sm («A» va «В» toifasida qatnashmagan otlar uchun)
1. Oqil Sobirjonov, «Kechmeker»
2. Bekzod Kurbanov, «Alonso»
3. Sergey Antonovich, «Kvasar»

«A» toifasi, 135 sm (7 yosh va undan katta otlar)
1. Nurjan Tuyakbayev, «Balues Kontes»
2. Xurshidbek Alimjonov, «Kordon Bleu»
3. Nurjan Tuyakbayev, «Korado»

Text to speech