"Olimpik" "Superliga"dagi tarixiy g‘alabasini mehmonda 5 karra chempion ustidan qo‘lga kiritdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining oltinchi turidan o‘rin olgan bahsni MOQ qoshidagi "Olimpik" klubi poytaxtning boshqa bir jamoasi "Bunyodkor"ga qarshi o‘tkazdi. Bellashuv Temur Kapadze shogirdlarining 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi va jamoamiz Superligadagi tarixiy dastlabki yutug‘ini qo‘lga kiritdi.
Dastlab, Abdurauf Bo‘riyev tezkor goli bilan "olimpiyachilar"ni hisobda oldinga olib chiqdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar Ruslan Jiyanov hamda Alisher Odilov hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 40-daqiqada Nazarovning xatosidan unumli foydalangan Ibrohim Tomiva oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi, ammo ikkinchi taymda zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Davron Anvarov 72-daqiqada 3 ta to‘p farqini tikladi. Hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov o‘yinga mantiqiy nuqtani qo‘ydi
“Bunyodkor" - “Olimpik” 1:5
Gollar: Abdurauf Bo‘riyev 9`, Ruslan Jiyanov 29`, Alisher Odilov 37`, Ibrohim Tomiva, 40`,
Davron Anvarov 73`, Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 90+1`.
Endi “Olimpik” navbatdagi, 7-tur bahsini 5 may kuni “Dinamo"ga qarshi Toshkentda o‘tkazadi.