FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
30 Aprel 2022 2579

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi-2022” Osiyo o‘yinlari uchun saralash vazifasini o‘tab berdi

Toshkent viloyatidagi “Furqon Stables” ot sporti klubida uchkurash yo‘nalishi bo‘yicha “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi-2022” musobaqasi o‘tkazildi. Qiziqarli kurashlarga boy bo‘lgan bahslarda Farg‘ona, Andijon, Toshkent viloyatlaridan tashrif buyurgan mohir chavandozlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.

G‘alaba yo‘lidagi raqobat har qachongidan ham shiddatli o‘tdi. Bu sportchilarning musobaqaga ko‘rgan yuqori tayyorgarligidan dalolat. Zero, federatsiya mutasaddilari Xanchjou-2022 Osiyo o‘yinlariga uchkurashchilarimizni ham jalb qilishni niyat qilgan bo‘lib, mazkur start bo‘lajak musobaqaga borishi mumkin bo‘lgan iqtidor egalarini kashf etib berdi.

Natijalarga to‘xtaladigan bo‘lsak, poytaxt vakili Jasurbek Xotambekov “Garnus” va “Artur 2” tulporida oltin hamda kumush medallarni qo‘lga kiritdi. Kuchli uchlikni boshqa bir toshkentlik chavandoz Muhammadiyor Raimjonov yakunlab berdi.

Ot sporti, uchrkurash
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi-2022:
1. Jasurbek Xotambekov – “Garnus”, ot laqabi (Toshkent shahri)
2. Jasurbek Xotambekov – “Artur 2”, (Toshkent shahri)
3. Muhammadiyor Raimjonov – “Solist”, (Toshkent shahri)

Text to speech