28 Aprel 2022 1174

Aprel oyida terma jamoalarimizning Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarligi uchun sarflangan mablag‘lar to‘g‘risida MA’LUMOT

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 5 noyabrdagi “2024 yil Parij shahrida (Fransiya) bo‘lib o‘tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o‘yinlariga O‘zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to‘g‘risida”gi PQ-5281 sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, sport federatsiyalari (assotsiatsiya)lar tomonidan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ishlari tizimli ravishda olib borilmoqda.

2022 yil aprel oyida Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rayotgan 19 ta sport federatsiya va uyushmalar bergan talabnomalari asosida ajratilgan mablag‘lardan mahalliy hamda xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlarini o‘tkazish uchun 13 602 011 915 so‘m miqdorida moliyalashtirildi.

Shu bilan birga, Olimpiya sport turlari bo‘yicha federatsiya va uyushmalarning ustav xarajatlari, milliy terma jamoa sportchilari uchun anjom va maxsus ekipirovkalar xaridi, ularning tibbiy-biologik ta’minoti bilan bog‘liq xarajatlar tegishli ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri moliyalashtirilmoqda.

Text to speech