FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Aprel 2022 2298

“Olimpik” muhim ochkoni qo‘ldan boy berdi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca-Cola Superligasining beshinchi turi doirasida “Olimpik” o‘z uchrashuvini o‘tkazdi. “Qizilqum”ga qarshi kechgan bellashuvda Temur Kapadze shogirdlari alamli mag‘lubiyatni qabul qilib olishdi.

O‘yinning 29-daqiqasida Sanjar Shoahmedov navoiyliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda hakam mavsum peshqadami darvozasi tomon penalti belgiladi. Afsuski, tajribali Ignatiy Nesterovga qarshi duelda Po‘latxo‘ja Xoldorxonov jamoasini mag‘lubiyatdan qutqara olmadi.

“Olimpik” – “Qizilqum” 0:1
Gol: Sanjar Shoahmedov 29`
Amalga oshirilmagan penalti: Po‘latxo‘ja Xoldorxonov 90+5`.

“Olimpik” 6-tur uchrashuvini 30 aprel kuni “Bunyodkor”ga qarshi o‘tkazadi.

Text to speech