FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Aprel 2022 2266

Yosh velosportchimiz "Pimevere Montoise" poygasida “Eng yaxshi tog‘ poygachisi” deb topildi

Fransiyaning janubi-g‘arbidagi Mont-de-Marsan kommunasida velosport bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida "Pimevere Montoise" poygasining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda 80 nafarga yaqin yosh velosportchilar ishtirok etishdi. Ahamiyatlisi, ular orasida hamyurtimiz Davir Abdurahmonov ham g‘oliblik uchun kurash olib bordi. Bu haqida O‘zbekiston velosiped sporti federatsiyasi matbuot xizmati ma’lum qilmoqda.

123 kmga teng masofani bosib o‘tish sportchilarga oson bo‘lgani yo‘q. Poyganing tog‘li hududda o‘tgan qismida Davir Abdurahmonov bor kuchini ishga solib, yetakchilik qila boshladi, ammo bu peshqadamlikni sportchimiz finishgacha saqlab qola olmadi.

Poyga yakuniga ko‘ra, Davir 45-o‘rinni egallagan bo‘lsada, alohida nominatsiyalarning birida ustunlikka erishdi. U “Eng yaxshi tog‘ poygachisi” deb topildi.

Text to speech