FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
26 Aprel 2022 2501

Kamonchilarimiz Jahon kubogida kuchli o‘nlikdan joy olishdi

Turkiyada kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Antalya shahrida o‘tgan musobaqa hamyurtlarimiz uchun esda qolarli taassurotlar bilan yakunlandi.

100 nafardan ortiq sportchi g‘oliblik uchun kurash olib borgan erkaklar o‘rtasidagi bahslarda hamyurtimiz Chen Yao Yuy xalqaro toifadagi sport ustasi talabini bajardi. Terma jamoamizning yana bir vakili Amirxon Sodiqov esa to‘qqizinchi pog‘onadan joy oldi. Qayd etish joiz, Sodiqov hozirda jahon reytingida 73-pog‘onani egallab turibdi. Musobaqaning ayollar o‘rtasidagi natijalariga to‘xtaladigan bo‘lsak, Ziyodaxon Abdusattorova 88 sportchi orasida 33-natijani qayd etdi.

Kamondan otish bo‘yicha Jahon kubogi bellashuvlari 4 bosqichdan iborat bo‘lib, ikkinchi bosqich 16-22 may kunlari Shanxay, uchinchi bosqich 20-26 iyun kunlari Parij, yakuniy bosqich 18-24 iyul oralig‘ida Medelin shaharlarida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Text to speech