FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
24 Aprel 2022 4071

Sport kurashlari bo‘yicha terma jamoamiz qit’a birinchiligini sakkizta medal bilan yakunladi

Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakunlandi. So‘nggi kun dasturida erkin kurash ustalari g‘oliblik uchun bahs olib bordilar.

Ma’lum qilganimizdek, bugun gilamga chiqqan 5 nafar vakilimizdan 4 nafari bronza medali uchun kurashish bosqichida ishtirok etdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda Bobur Islomov (-86 kg) shohsupaga ko‘tarildi.

Afsuski, Rio-2016 Olimpiadasi sovrindori Ixtiyor Navro‘zov (-74 kg), shuningdek, Ajiniyaz Saparniyazov (-92 kg) va Sardorbek Xolmatov (-125 kg) shohsupaga ko‘tarilish imkoniyatidan foydalana olishmadi.

Bronza medali uchun bahslar:
-74 kg: Ixtiyor Navro‘zov – Islambek Orozbekov (Qirg‘iziston) 0:11
-86 kg: Bobur Islomov – Sayakbai Usupov (Qirg‘iziston) 6:5
-92 kg: Ajiniyaz Saparniyazov – Viki Viki (Hindiston) 3:5
-125 kg: Sardorbek Xolmatov – Batmagnai Enxtuvshin (Mo‘g‘uliston) 12:15

Shu tariqa, terma jamoamiz mazkur Osiyo chempionatini 2 ta kumush va 6 ta bronza medallari bilan yakunladi. Musobaqada shohsupaga ko‘tarilgan polvonlarimiz:

Kumush medal:
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov (yunon-rum kurashi)
-97 kg: Rustam Assakalov (yunon-rum kurashi)

Bronza medal:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev (yunon-rum kurashi)
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov (yunon-rum kurashi)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev (yunon-rum kurashi)
-50 kg: Jasmina Immayeva (ayollar kurashi)
-65 kg: Abbos Rahmonov (erkin kurash)
-86 kg: Bobur Islomov (erkin kurash)

Text to speech