23 Aprel 2022 1726

Duatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionati o‘z g‘oliblarini aniqlamoqda

Toshkentda triatlonning duatlon yo‘nalishi bo‘yicha turli yosh toifalarida O‘zbekiston chempionati start oldi. Yurtimizda ushbu sport targ‘ibotini yanada kuchaytirish maqsadida mazkur bellashuvlar havaskorlar o‘rtasida ham tashkil etilmoqda.

Bugun Xalqlar do‘stligi maydonida start olgan musobaqada 150 nafarga yaqin qatnashchilar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi. Reglamentga ko‘ra, ishtirokchilar o‘z yosh toifalaridan kelib chiqqan holda turli masofalarda bellashdilar.

Umuman olganda, duatlon sprinterlik yo‘nalishi bo‘lib, unda atletlar dastlab yugurish, keyin velopoyga va yakunda yana bir bor yugurish bo‘yicha bahs olib borishadi. Bu galgi musobaqada kattalar, 19 va 23 yoshgacha bo‘lgan sportchilar 5,2 kmga yugurish, 18 kmga velopoyga va yakunda 2,6 km yugurishda raqobatlashdilar.

Musobaqaning taqdirlash marosimi ham ko‘tarinki ruhda o‘tib, unda so‘z olgan mutasaddilar triatlonning yurtimizda tobora rivojlanayotganini alohida ta’kidlashdi.

Bugun o‘z yo‘nalishida shohsuupaga ko‘tarilgan sportchilar:
Ayollar:
1. Oydina Ikromova
2. Olga Drobisheva
3. Halimabonu Saydametova

Erkaklar:
1. Omadjon Qo‘chqorov
2. Denis Demidenko
3. Ahmad Bo‘riyev

U-22 qizlar:
1. Raushan Koshmuratova
2. Malika Toshpulatova
3. Shahzoda Jabborova

U-23 erkaklar:
1. Qobiljon Muhammedov
2. Asilbek Hayitov
3. Amir Bodikov

U-19 qizlar:
1. Maftuna Pardayeva
2. Dildora Qodirova
3. Arina Mirzabekova

U-19 yigitlar:
1. Nasimbek To‘ychiyev
2. Suhrob Rajabov
3. Olamurod Rahmonov

Ertaga ham duatlon bo‘yicha bellashuvlar o‘tkazilib, unda havaskor atletlar o‘zaro raqobatlashishadi.

Text to speech