22 Aprel 2022 1455

Toshkentdan so‘ng gimnastika karvoni Bokuga yo‘l oldi

Bugun Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogining navbatdagi bosqichi boshlandi. 24 aprelga qadar davom etadigan musobaqada terma jamoamiz vakilalari ham ishtirok etishadi.

Boku bosqichida dunyoning 31 mamlakatidan 140 nafar gimnastikachi qatnashmoqda. Ulardan 44 nafari yakkalik, 96 nafari esa guruh mashqlari uchun ro‘yxatdan o‘tgan.

Ahamiyatlisi, ushbu bosqichda Toshkentda o‘tgan bosqich qahramonlari yurtimiz sharafini himoya qiladigan bo‘ldi. Taxmina Ikromova yakkalik dasturida, Shahzoda Ibragimova, Nargiza Jumaniyazova, Nilufar A’zamova, Mumtoza Ishoqzoda, Mariya Pak va Xurshida Abduraufova guruh mashqlarida ishtirok etishadi.

Musobaqa reglamentiga muvofiq, atletlar ko‘pkurash va alohida yo‘nalishlar bo‘yicha taqdirlanishadi. Bugun va ertaga saralash bosqichi bahslari, 24 aprel kuni esa final dasturlari bo‘lib o‘tadi.

Text to speech