FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
22 Aprel 2022 2268

Chirchiqda eng kuchli yosh og‘ir atletikachilarimiz aniqlandi

O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti manejida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi yakunlandi. 4 kun davom etgan musobaqada 182 nafar o‘g‘il-qizlar g‘oliblik uchun supachaga chiqishdi. Reglamentga ko‘ra, sportchilar 10 tadan vazn toifasida musobaqalashdi.

Ochkolar jamg‘arishda qizlar o‘rtasida Namangan viloyati umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. 2-o‘rinni Xorazm viloyati sportchilari band etishgan bo‘lsa, kuchli uchlikni Navoiy viloyati sportchi qizlari yakunlab berishdi.

Yigitlar o‘rtasida esa Samarqand viloyati yoshlari faxrli birinchi pog‘onadan joy olishgan bo‘lsa, ikkinchi o‘rin namanganlik yoshlarga nasib qildi. Kuchli uchlikni qoraqalpog‘istonlik polvonlar yopib berishdi.

-67 kg vazn toifasida 270 kg natija bilan mutlaq g‘olib bo‘lgan Xusinboy Matrasulov musobaqaning eng yaxshi sportchisi deb topildi.

Text to speech