21 Aprel 2022 1164

“Olimpik” O‘zbekiston kubogining pley-off bosqichiga yo‘l oldi

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Coca Cola kubogida guruh bosqichi bahslari yakunlanib, 1/8 final bosqichidan kurashni davom ettiradigan jamoalar nomi ma’lum bo‘ldi. Quvonarlisi, MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” klubi bosh sovrin sari yurishni davom ettiradi.

“F” guruhidan o‘rin olgan Temur Kapadze shogirdlari so‘nggi uchrashuvni safarda “Sho‘rtan”ga qarshi o‘tkazdi. Uchrashuvda qayd etilgan 1:1 hisobi bo‘lajak Olimpiyachilarning 4 ochko bilan ikkinchi o‘rinda keyingi bosqichga chiqishi uchun yetarli bo‘ldi.

Coca-Cola kubogi-2022, “F” guruhi 3-tur
“Sho‘rtan” – “Olimpik” 1:1
Gollar: Javohir Hasanov 30` – Davron Anvarov 70`.

1/8 final uchun qur’a tashlash marosimi ertaga bo‘lib o‘tadi.

Text to speech