20 Aprel 2022 1482

Yunon-rum kurashchilarimiz qit’a chempionatini beshta medal bilan yakunlashdi

Yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Rustam Assakalovning Mo‘g‘ulistonda o‘tkazilayotgan Osiyo chempionatidagi ishtiroki bilan mazkur yo‘nalishdagi bahslarga yakun yasaldi.

-97 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Assakalov finalda eronlik Mehdi Balihamzega qarshi gilamga chiqdi. Afsuski, bellashuv eronlik kurashchining g‘alabasi bilan yakunlandi va sportchimiz o‘z sovrinlari orasida Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘shib qo‘ydi.

Shuningdek, -82 kg vazn toifasida bronza medali uchun bahsda yaponiyalik Yuya Okajimani mag‘lub etgan Muhammadqodir Rasulov ham shohsupaga ko‘tarildi. Mahmud Baxshullayev (-67 kg) va Mirzobek Rahmatov (-72 kg) esa ushbu bosqichda imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Shu tariqa, “klassik”larimiz Osiyo chempionatida 2 ta kumush va 3 ta bronza medallarini jamg‘arishdi. Ertadan ayollar kurashi bo‘yicha bahslarga start beriladi.

Text to speech