20 Aprel 2022 1789

UCI delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi

Xalqaro velosipedchilar ittifoqi (UCI) yurtimizga 4 kishidan iborat delegatsiya yubordi. Bundan ko‘zlangan maqsad Jizzax shahrida qad rostlagan BMX trassasi va uning atrofida qurilgan kompleks bilan yaqindan tanishish.

Delegatsiya tarkibida 2 nafar mutaxassis (Norman Lesli Makkenn, Kayl Evans) va 2 nafar professional velosportchi (Jakomo Fantoni va Metyu Kin Gilsto) larni uchratish mumkin. Reja bo‘yicha dastlab rayderlar trassa bo‘ylab harakat qilib ko‘rishadi va o‘z fikrlarini bildirishadi. Shundan so‘ng delegatsiya a’zolari umumiy xulosani taqdim qiladilar.

Yakuniy qarorda sport inshooti barcha xalqaro standartlar va me’yorlarga javob beradigan deb topilsa, ushbu arenada turli xalqaro musobaqalarni o‘tkazish huquqini beruvchi rasmiy UCI sertifikatiga ega bo‘lamiz.

Eslatib o‘tamiz, Jizzaxdagi BMX sport majmuasi 2021 yilda to‘liq foydalanishga topshirilgan. Arena 3400 o‘ringa mo‘ljallangan. Shuningdek, majmuada konferens va sport zallari, VIP maydon, 2 ta tennis korti, 2 ta mini-futbol uchun maydonchalar va 100 o‘rinli mehmonxona mavjud. Darvoqe, dunyoda atigi 32 ta bunday obyektlar mavjud bo‘lib, yurtimizdagi trassa bu yo‘nalishdagi 33-inshoot hisoblanadi.

Text to speech