FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Aprel 2022 2125

Osiyo chempionatining birinchi kunini uchta medal bilan yakunladik

Mo‘g‘uliston poytaxtida sport kurashlari bo‘yicha qit’a birinchiligining dastlabki kun bellashuvlari ortda qoldi. Unda terma jamoamizning uch nafar vakili shohsupaga ko‘tarildi.

Polvonlarimizdan Jalgasbay Berdimuratov -87 kg vazn toifasining finalida eronlik Nosir Alizoda bilan murosasiz bahs olib bordi. Afsuski, bellashuvda eronlik kurashchi 3:1 hisobida ustun keldi va Berdimuratov kumush medal bilan taqdirlandi.

Shuningdek, bronza medali uchun gilamga chiqqan Mo‘minjon Abdullayev (-130 kg) va Jasurbek Ortiqboyev (-55 kg) o‘z raqiblarini mag‘lub etib, shohsupaga ko‘tarilishdi.

G‘oliblikka asosiy da’vogarlardan sanalgan Islom Bahromov (-63 kg) bronza medali uchun kurashish bosqichida, Aram Vardanyan (-77) esa dastlabki davrada imkoniyatni boy berib, ushbu musobaqadagi ishtiroklarini yakunladilar.

Shu tariqa, qit’a birinchiligining birinchi kunida terma jamoamiz 1 ta kumush va 2 ta bronza medallariga sazovor bo‘lishdi.

Text to speech