19 Aprel 2022 4259

Texnik kursni muvaffaqiyatli tamomlagan murabbiylarga xalqaro sertifikatlar topshirildi

MOQ va O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi tashabbusi bilan Xalqaro Olimpiya qo‘mitasining “Olimpiya birdamligi” dasturi asosida o‘tkazilgan texnik kurs bugun o‘z yakuniga yetdi.

Qo‘mita majlislar zalida o‘tgan yakuniy tadbirda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi Bosh kotibi Kamoliddin Ro‘zimuhammedov va loyihada ishtirok etgan murabbiylar qatnashishdi. Tadbirda Oybek Kasimov o‘tkazilgan kursning ahamiyati haqida to‘xtalib, uni muvaffaqiyatli yakunlagan ishtirokchilarni tabrikladi.

Texnik kurs 10-20 aprel kunlari O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasining bazasida o‘tkazildi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 24 nafar trener ishtirok etdi. Kursni Xalqaro yengil atletika federatsiyasi tomonidan jalb etilgan ekspert Yevgeniy Shumarin olib bordi.

Yengil atletikaning zamonaviy metodikasi orqali o‘z bilimlarini boyitgan ushbu kadrlar yaqin vaqt ichida yirik xalqaro musobaqalarda shohsupaga ko‘tariladigan atletlarimizni yetishtirishlariga ishonib qolamiz.

Text to speech