19 Aprel 2022 1338

Berdimuratov finalda, uch nafar kurashchimiz bronza medali uchun gilamga chiqadi

Mo‘g‘uliston poytaxtida start olgan sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatining birinchi kunida medallar uchun kurash olib boradigan polvonlar nomi ma’lum bo‘ldi.

-87 kg vazn toifasida kurashayotgan Tokio-2020 ishtirokchisi Jalgasbay Berdimuratov chorak finalda Mo‘g‘uliston (11:0), yarim finalda Hindiston (8:0) vakillariga birorta ham ball bermasdan yirik hisoblarda g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. Endi u oltin medal uchun eronlik Nosir Alizoda bilan kurashadi.

Afsuski, yarim finalda imkoniyatni boy bergan Jasurbek Ortiqboyev, Islomjon Bahromov va Mo‘minjon Abdullayev kechki dasturda bronza medali uchun kurash olib borishadi. Aram Vardanyanni saralashda mag‘lub etgan koreyalik kurashchi yarim finalda yutqazgani uchun hamyurtimiz medallar uchun kurashni tark etdi.

Final:
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Nosir Alizoda (Eron)

Bronza medali uchun kurash:
-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Xeokjin Jeon (J.Koreya)
-63 kg: Islomjon Bahromov – Niraj Niraj (Hindiston)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev – Timoti Yu Lox (Singapur)

Text to speech