19 Aprel 2022 1323

Yosh polvonlar bahsi murosasiz o‘tmoqda

Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi mamlakat birinchiligi qizg‘in davom etmoqda. Ortda qolgan kunning ikkinchi yarmida 3 vazn toifasida g‘oliblar aniqlab olindi.

Kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati sovrindori Og‘abek Nafasov (-55 kg) xorazmlik Jur’at Yusufboyev bilan kechgan jiddiy raqobatda 1 kg farq evaziga ustun kelib, yana bir karra mamlakat chempionligini qo‘lga kiritdi. Qolgan ikki vazn toifasida esa sirdaryolik og‘ir atletikachilar oltin medalga sazovor bo‘lishdi. Batafsil:

Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston chempionati
Erkaklar, -55 kg:
1. Og‘abek Nafasov (Samarqand) – 197 (92+105) kg
2. Jur’at Yusufboyev (Xorazm) – 196 (89+107) kg
3. Asror Xosifxonov (Namangan) – 188 (88+100) kg

-61 kg:
1. Islom Hojiakbarov (Sirdaryo) – 232 (102+130) kg
2. Asadbek Beknazarov (QQR) – 225 (100+125) kg
3. Jahongir Odilov (Qashqadaryo) – 216 (101+115) kg

Qizlar, -55 kg:
1. Aziza Isoqjonova (Sirdaryo) – 140 (62+78) kg
2. Feruza Mamasoliyeva (Andijon) – 133 (59+74) kg
3. Gulsevar Narzullayeva (Buxoro) – 106 (51+55) kg

Text to speech