FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
19 Aprel 2022 2314

Kurash muxlislari uzoq kutgan Osiyo chempionati boshlanmoqda

Yana birozdan so‘ng Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha navbatdagi Osiyo chempionati start oladi. Ma’lum qilganimizdek, turnirni yunon-rum kurashi ustalari boshlab berishadi.

Reglamentga ko‘ra, birinchi kun doirasidan -55, -63, -77, -87 va -130 kg vazn toifasidagi bahslar o‘rin olgan. Vakillarimizdan 2019 yilgi JCh finalchisi Aram Vardanyan (-77 kg) musobaqani London-2012 Olimpiadasi chempioni, Rio-2016 kumush medal sohibi Xyovngvu Kimga qarshi boshlaydi. Ushbu to‘qnashuv birinchi davraning eng qiziqarli bellashuvlaridan biri bo‘lishi kutilmoqda. Bugun gilamga chiqadigan polvonlarimiz va ularning birinchi raqiblari:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev – Balbai Dordokov (Qirg‘iziston)
-63 kg: Islomjon Bahromov – Jinseub Song (J.Koreya)
-77 kg: Aram Vardanyan – Xyongvu Kim (J.Koreya)
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov – Batbayar Lutbayar (Mo‘g‘uliston)
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev – Prem Prem (Hindiston) / Amir G‘osimimon (Eron)

Text to speech