18 Aprel 2022 1526

Chirchiqda og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida mamlakat birinchiligi boshlandi

Bugun O‘zDJTSUga qarashli sport manejida og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionatiga start berildi. 21 aprelga qadar davom etadigan musobaqada Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar o‘z mahoratlarini namoyish etishadi.

Bugun, musobaqaning birinchi kunida yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi bahslar bo‘lib o‘tishi belgilab qo‘yilgan. Ayni paytgacha qizlar o‘rtasida -45 kg va -49 kg vazn toifalarida g‘oliblar aniqlab olindi. E’tiborlisi, unda vodiylik qizlar oltin medallarni qo‘lga kiritishdi:

Og‘ir atletika bo‘yicha yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati
Qizlar, -45 kg:
1. Mahfuza Umaraliyeva (Andijon) – 116 (52+64) kg
2. Nilufar Nosirjonova (Namangan) – 111 (51+60) kg
3. Nozima Baxtiyorova (Xorazm) – 108 (48+60) kg

-49 kg:
1. Dinara Roziqova (Namangan) – 130 (57+73) kg
2. Dilnura Karimova (Xorazm) – 122 (55+67) kg
3. Gulsora Nasriddinova (Andijon) – 104 (46+58) kg.

Text to speech