17 Aprel 2022 1366

Taxmina Ikromovadan yana bir oltin medal

Yosh gimnastikachimiz Taxmina Ikromova Toshkentda o‘tkazilayotgan Jahon kubogida ikkinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi. Bu safar u halqada bajarilgan mashqda tengsiz deb topildi.

Ikromovaning chiqishi hakamlar tomonidan 31.70 ballga loyiq ko‘rildi. Shuningdek, sportchimiz to‘pdagi dasturda ham final bahsida ishtirok etdi. Biroq unda ozgina omad yetishmadi va to‘rtinchi o‘rin bilan kifoyalandi.

Badiiy gimnastika bo‘yicha Jahon kubogi
Xalqadagi mashq

1. Taxmina Ikromova (O‘zbekiston) – 31.70
2. Yekaterina Vedeneyeva (Sloveniya) – 30.60
3. Darya Varfolomeyeva (Germaniya) – 29.85

Text to speech