FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
16 Aprel 2022 2724

“Uzbekistan Global Tour"ning uchinchi bosqichi o‘z g‘oliblarini aniqladi

“Universal Jumping Agro” ot sporti klubida “Uzbekistan Global Tour 2022” musobaqasining uchinchi bosqich bahslari bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan bellashuvlarda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan 90 nafar chavandoz g‘oliblik uchun raqobat olib borishdi.

Musobaqaning asosiy yo‘nalishida tajribali Nurjan Tuyakbayev “Kamita” laqabli tulporida eng yaxshi natijani qayd etishga muvaffaq bo‘ldi. Shuningdek, kuchli uchlikdan Saidamirxon Turg‘unbayev va Xurshidbek Alimjonov joy olishdi. Batafsil:

"A" toifasi (135 sm to‘siq balandligi):
1. Nurjan Tuyakbayev («Kamita» laqabli otda)
2. Saidamirxon Turg‘unbayev («Kalleko»)
3. Xurshidbek Alimjonov («Kordon Blyu»)

"D" toifasi, 120 sm:
1. G‘ayrat Nazarov («Los-Anjeles»)
2. Nurjan Tuyakbayev («Karado»)
3. Temur Azizov («Ileksta»)

"B" toifasi, 115 sm:
1. Umid Kamilov («Prins Kornet»)
2. G‘ayrat Nazarov («Sidney Jekson»)
3. Xurshidbek Alimjonov («Kondor»)

"C" toifasi, 105 sm (bolalar ):
1. Boburjon Valijonov («Samira»)
2. Dilshod Shokirov («Alonso»)
3. Abdulaziz Izzatullayev («Vayt Spot»)

"E" toifasi, 110 sm:
1. Sergey Antonovich («Konrad»)
2. Alisher Erkinov («Lasetti»)
3. Izzatullo Abdugafarov («Roberto»)

"F" toifasi, 95 sm:
1. Zuhridin Sayfullayev («Djulius»)
2. Ubaydulloh Fozilxo‘jayev («Vild Fayer»)
3. Bekzod Ro‘zimuhammedov («Sikret»).

Text to speech