16 Aprel 2022 1308

O‘zbek gimnastikasi faxri Zinaida Bondarenko 91 yoshda

Mamlakatimiz gimnastikasi rivojiga ulkan hissa qo‘shgan sport faxriysi Zinaida Bondarenko 91 yoshni qarshi oldi. Shu munosabat bilan O‘zbekiston sport faxriylari kengashi raisi Bahodir Maxsitov Zinaida Mixaylovnanining xonadoniga tashrif buyurib, tavallud ayyomi bilan qutladi.

Uchrashuvda Zinaida Bondarenkoning yaqinlari ham ishtirok etishdi. Bahodir Maxsitovich ushbu insonning o‘zbek sporti rivojiga qo‘shgan hissasini alohida e’tirof etib, uzoq yillik fidokorona mehnati uchun mamlakat sport faxriylari kengashi nomidan tashakkur bildirdi.

Ma’lumot uchun, Zinaida Bonarenko 1931 yil dunyoga kelgan. Faoliyati davomida ikki karra Olimpiya o‘yinlari chempioni Elvira Saadi kabi yorqin gimnastikachilarni tarbiyalagan. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi ham Zinaida Mixaylovnani 91 yoshni qarshi olgani bilan qutlab, u kishiga uzoq umr tilaydi.

Text to speech