Toshkentda konkur ustalarini ajoyib bahslar kutmoqda
20-23 aprel kunlari Toshkentdagi “UNIVERSAL JUMPING” ot sporti klubida Jahon kubogi bosqichi doirasidan o‘rin olgan Yevrosiyo ligasi va Millatlar kubogi bosqichining navbatdagi bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Mintaqaning eng sara chavandozlari bahs olib boridigan mazkur musobaqada terma jamoamiz vakillari ham g‘oliblik uchun maydonga tushishadi.
Turnirlar davomida ishtirokchilar dastur yo‘nalishiga qarab balandligi 150 smgacha bo‘lgan to‘siqlardan oshishlari talab etiladi. Ot sporti ishqibozlarini bir-biridan qiziqarli bellashuvlarni tomosha qilishga chorlab qolamiz. Musobaqa dasturi bilan tanishing:
20 aprel:
16:00 dan 1-yo‘nalish (120 sm, to‘siq balandligi), 2-yo‘nalish “Maxima masters Cup Eurasia” (140 sm)
21 aprel:
10:00 – 3-yo‘nalish (130 sm)
15:00 – musobaqaning ochilish marosimi (Jahon kubogi bosqichi doirasidagi Yevrosiyo ligasi)
16:00 – 4-yo‘nalish Yevrosiyo ligasi kubogining Gran-pri bosqichi (150 sm)
22 aprel:
10:00 – 5-yo‘nalish O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi kubogi (130 sm)
16:00 – 6-yo‘nalish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi (130 sm)
23 aprel:
10:00 – 7-yo‘nalish “UNIVERSAL JUMPING” kubogi (120 sm kattalar, 115 sm bolalar)
15:00 – Ochilish marosimi (Millatlar kubogi bosqichi)
16:00 – 8-yo‘nalish “EURASIA TEAM CUP” (145 sm)
18:00 – Yopilish marosimi