16 Aprel 2022 1167

Polvonlarimiz Osiyo chempionatida ishtirok etish uchun Mo‘g‘ulistonga yo‘l olishdi

Xabar berganimizdek, 19-24 aprel kunlari Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Bator shahrida sport kurashlari bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionati bo‘lib o‘tadi.

Qit’amizning eng kuchli polvonlarini jamlaydigan musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi har uchchala yo‘nalishda ham ishtirok etadi. Bir oz avval Ravshan Ro‘ziqulov va Elmurat Tasmuradov murabbiyligidagi yunon-rum kurashi bo‘yicha terma jamoamiz delegatsiyasi Istanbul shahriga jo‘nab ketdi. U yerdan jamoamiz Mo‘g‘ulistonga yetib borishi ko‘zda tutilgan.

Yunon-rum kurashi yo‘nalishida Osiyo chempionatida quyidagi kurashchilarimiz yurtimiz sharafini himoya qilishadi:

-55 kg: Jasurbek Ortiqboyev
-60 kg: Feruz To‘xtayev
-63 kg: Islomjon Bahromov
-67 kg: Mahmud Baxshulloyev
-72 kg: Mirzobek Rahmatov
-77 kg: Aram Vardanyan
-82 kg: Muhammadqodir Rasulov
-87 kg: Jalgasbay Berdimuratov
-97 kg: Rustam Assakalov
-130 kg: Mo‘minjon Abdullayev

Text to speech