FIFA World Cup 2026
1-tur
Uzbekistan Uzbekistan
VS
Colombia Colombia
🗓 18-iyun · 07:00 Toshkent 🏟 Mexiko shahri, Azteca stadioni
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
2-tur
Portugal Portugal
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 23-iyun · 22:00 Toshkent 🏟 NRG stadioni, Xyuston
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
3-tur
DR Congo DR Congo
VS
Uzbekistan Uzbekistan
🗓 28-iyun · 04:30 Toshkent 🏟 Mercedes-Benz stadioni, Atlanta
-- Kun
-- Soat
-- Minut
-- Sekund
15 Aprel 2022 2721

Velosportchilarimizni Yevropa va Shimoliy Amerikada katta musobaqalar kutmoqda

Bugun velosport bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi va "Tashkent city professional cycling team" klubi vakillari bir qator xalqaro musobaqalarda ishtirok etish uchun safarga chiqishdi.

Ulardan biri 15-17 aprel kunlari Belgiyada bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng vakillarimizni 21-24 aprel kunlari Shotlandiyaning Glazgo shahrida Jahon kubogi bosqichi kutib turibdi. Yevropa safari yakuniga yetgach sportchilarimiz Kanadada o‘tadigan keyingi bosqichga yo‘l olishadi.

Ma’lumot uchun, barcha musobaqalar trek yo‘nalishida o‘tkaziladi. Reglamentga ko‘ra, Jahon kubogida faqat reytingi yuqori bo‘lgan sportchilargina qatnasha oladi. Belgiyadagi musobaqada esa quyidagi tarkibimiz qatnashadi:

Erkaklar:
1. Aleksey Fomovskiy
2. Danil Yevdokimov
3. Dmitriy Bocharov
4. Damir Zabirov
5. Edem Eminov
6. Botir Ismatov

Ayollar:
1. Yanina Kuskova
2. Margarita Misyurina
3. Nafosat Koziyeva
4. Anna Kuskova
5. Sofiya Karimova

Text to speech