15 Aprel 2022 1257

Elbek Mahmudovni tabriklaymiz!

Bugun O‘zbekiston xokkey federatsiyasining Ijrochi direktori Elbek Mahmudov tavallud ayyomini nishonlamoqda.

Elbek Azimovich bir necha yildirki, o‘zbek xokkeyining rivojlanishida, uni yangi bosqichga olib chiqishda samarali faoliyat olib bormoqda. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi fursatdan foydalanib, Elbek Mahmudovni tavallud ayyomi bilan qutlaydi va u kishiga kelgusi faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar, sihat-salomatlik tilab qoladi.

Text to speech