15 Aprel 2022 1615

Rahmatjon Ro‘ziohunov va Dilshod Kazakovni tabriklaymiz!

Bugun boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi katta murabbiyi Rahmatjon Ro‘ziohunov va O‘zbekiston boks federatsiyasining tajribali shifokori Dilshod Kazakov tavallud ayyomini nishonlashmoqda.

Rahmatjon Ro‘ziohunov 1968 yil 15 aprel kuni tavallud topgan. 2015 yildan beri boks bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasida faoliyat olib boradi, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sport ustozi” faxriy unvoni sohibi. Bokschilarimizning Rio-2016 Olimpiadasi, jahon va Osiyo chempionatlari, Osiyo o‘yinlarida qayd etgan yuqori natijalarida ushbu mutaxassisning xizmatlari katta.

Dilshod Kazakov 1972 yil xuddi shu kuni tug‘ilgan. Toshkent tibbiyot institutida tahsil olgan. Sport shifokori sifatidagi faoliyatini 1998 yilda boshlagan. Ma’lum muddat futbol sohasida ishlagach, 2000 yildan hozirgi kungacha boks yo‘nalishida faoliyat olib bormoqda. 2011 yildan IBA tibbiy komissiyasi a’zosi. 2019 yildan Osiyo boks konfederatsiyasi tibbiy komissiyasi raisi. Dilshod Kazakov 2018 yilda qit’aning eng yaxshi texnik mutaxassisi deb topilgan. Faoliyati davomida ko‘p marotaba Osiyo va Olimpiya o‘yinlarida ishlagan.

O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi Rahmatjon Ro‘ziohunov va Dilshod Kazakovni bugungi tavallud ayyomi bilan tabriklab, ularga uzoq umr, sihat-salomatlik va ulkan zafarlar tilab qoladi.

Text to speech