“Olimpik” O‘zbekiston kubogida yirik g‘alabaga erishdi
MOQ qoshida tashkil etilgan “Olimpik” futbol klubi O‘zbekiston “Coca-Cola” kubogida ikkinchi tur uchrashuvini o‘tkazdi. Farg‘onaning “Turon” klubini qabul qilgan “olimpiyachilar” yirik hisobda g‘alaba qozonishdi.
Temur Kapadze shogirdlarining katta ustunligida kechgan bahs “Olimpik”ning 5:1 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Jamoamiz safida Ruslan Jiyanov, Muhammadali G‘iyosov va Temur Mamasidiqov bir martadan raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lishsa, Otabek Jo‘raqo‘ziyev dubl qayd etdi. Ushbu gollarga mehmonlarning tajribali o‘yinchisi Humoyun Murtazoyev bir bor javob bera oldi xolos.
O‘zbekiston “Coca-Cola” kubogi,
"F" guruhi, 2-tur
"Olimpik" – "Turon" 5:1
Gollar: Otabek Jo‘raqo‘ziyev 6', Ruslan Jiyanov 21', Otabek Jo‘raqo‘ziyev 36', Temur Mamasidiqov 60', Muhammadali G‘iyosov 82' – Humoyun Murtozoyev 54'.
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Olimpik” 3 ochko bilan guruhda ikkinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi. Guruh peshqadami “Andijon II” ertaga G‘uzorda “Sho‘rtan” mehmoni bo‘ladi.