14 Aprel 2022 1757

Tuyabo‘g‘izda eng kuchli eshkak eshuvchilar saralanmoqda

Toshkent viloyatidagi Tuyabo‘g‘iz suv omborida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi mamlakat chempionati boshlandi. Unda Respublikamizning turli hududlaridan tashrif buyurgan sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib borishmoqda.

Ayni paytgacha o‘tgan bellashuvlar yakunida kutilganidek terma jamoa yetakchilari ishonchni oqlab, yana bir bor mamlakat chempionligini qo‘lga kiritishdi. Hozirgacha o‘tgan dasturlarning g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

Erkaklar:
K-1 (baydarka), 1000 metr:
1. Shaxriyor Mahkamov
2. Shohruh A’zamov
3. Ozodjon Amritdinov

K-1, 500 metr:
1. Vilyam Ibragimov
2. Denis Onufriyev
3. Yaroslav Slavgorodskiy

С-1 (kanoe), 500 metr:
1. Shohmurod Xolmurodov
2. Kamron Axtamov
3. Vladlen Denisov

Ayollar:
K-1, 500 metr:
1. Yekaterina Shubina
2. Arina Tanatmisheva
3. Madina Ashrafxonova

K-1, 1000 metr:
1. Arina Tanatmisheva
2. Kamila Malaxova
3. Shahrizoda Mavlonova

Text to speech